Prof. Dr. Bülent BAYRAM
Tatar yozuvchisi va tadqiqotchisi Zarif Bashiriyning 1930-yilda chop etilgan “Oʻzbek adabiyoti” asari bu sohadagi ilk tadqiqotlardan biri hisoblanadi. Qadimiy bir yozuv tili an’anasiga ega boʻlgan oʻzbek adabiyoti bilan bogʻliq bunday asar yozuvchisining tatar millatiga mansubligi asarni yanada diqqat-e’tiborga sazovor boʻlishini ta’minlamoqda. Asar katta hajmli boʻlmasa ham yozilgan davri, mazmuni, yozuvchining bahosi uning ahamiyatini oshirmoqda. Bashiriyning chuvash va uygʻur adabiyotlari mavzusida chop etgan ba’zi asarlari yonida “Chuvash qizi Anisa” nomli uzun bir hikoya nashr etishi uning qardosh xalqlar adabiyotiga munosabatini koʻrsatmoqda. Shu bilan birgalikda, oʻzbek adabiyoti tarixidagi ilk qadamlardan biri oʻlaroq ahamiyatlidir. Ushbu maqolada Bashiriyning “Oʻzbek adabiyoti” nomli asari har tomonlama koʻrib chiqiladi.