Dilorom SALOHIY
Maqolada Alisher Navoiyning badiiy obraz yaratishdagi qadimiy turkona she’riyat an’analariga xos mahorati tahlil qilinadi. Turkona she’riyat uslubi bu tilda soʻzlashuvchi Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy uslubi sifatida ahamiyatga ega. Muallif mazkur uslubning Navoiy she’riyatida boshqa sharq poetik uslublari sintezi sifatida namoyon boʻlganligini misollar asosida koʻrsatishga harakat qiladi. Shoir oʻz gʻazallarini tahrir qilishi natijasida tazmin va tatabbu’ san’atining oʻziga xos usullarini yaratdi. Navoiy gʻazallarini devonlariga joylashtirar ekan, ularning mavzu, mazmun mundarijasi, kompozitsion tuzilishiga alohida e’tibor berdi. Buning natijasida u turkiy she’riyatning qadimiy an’analaridan ijodiy foydalanib, uni sharq poetikasi qonuniyatlari mezonlari asosida rivojlanishi uchun katta zamin yaratdi.