Faxriddin YAKUBOV
Maqolada “diskurs” va “matn” tushunchalari, ularni oʻrganishga turlicha yondashuvlar, rus, gʻarb va oʻzbek olimlarining diskurs va matnni oʻrganish boʻyicha xulosalari tahlil qilingan va ikki atamaning oʻxshashlik va farqlarini aniqlashga harakat qilinadi. Ma’limki, diskurs ancha keng universal tilshunoslik obyekti bo‘lib, u nafaqat nutqning til strukturasini o‘z ichiga oladi, balki kommunikativ situatsiyalarning bir tipdagi parametrlarini, kommunikantlarning o‘ziga xosliklarini, muloqot qurilishi strategiyasini o‘z ichiga oladi. Diskursdan farqli ravishda matn nutqning struktur-ma’noviy parametrlari doirasidan tashqari chiqmaydigan ancha spetsifik va tor ko‘rinishni namoyon qiladi. O‘zbek tilshunosligida bu tushuncha haqida ayrim ilmiy ishlar yaratilgan bo‘lib, ushbu ishlarning davomi sifatida ushbu maqolada tushunchaning nazariy asoslari to‘g‘risida fikr yuritiladi. Shuningdek, tahlil qilingan nazariy mulohazalar asosida diskursning uch aspektda namoyon bo‘lish va tasniflanishi keltirib o‘tilgan.