Mahkamoy TURSUNOVA
Samarqand va Istanbul ta’lim tizimi tarixining XIV-XIX asrlardagi turli bosqichlari ilmiy, ta’limiy aloqalarda turk va turonzaminda faoliyat olib borgan mashhur allomalarning tutgan oʻrni. Ikki davlat oʻrtasidagi ilmiy aloqalarda muhim vosita hisoblangan turli ilmlarga oid noyob kitoblarning ahamiyati Samarqand davlat universiteti va Istanbul universitetlari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik va aloqalarning bugungi kundagi ahamiyati. Ayniqsa, Amir Temur va temiriylar davrida siyosiy-iqtisodiy aloqalar bilan bir qatorda madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy, ilmiy va diniy aloqalar mustahkam ahamiyat kasb etgan. Bunda temuriylardan boʻlgan shoh va olim Mirzo Ulugʻbekning Madrasayi Oliyasi muhim oʻrin tutadi. Temur davlati sarhadlarida yetishib chiqqan Mavlona Jamoliddin Ahmad al-Xorazmiy, Shahobiddin ibn Muhammad Damashqiy ibn Arabshoh kabi olimlarning faoliyati Turkiya bilan bogʻliq boʻlsa, Qozizoda Rumiyning ilmiy faoliyati ilmiy aloqalarni rivojlantirgan. Bursada tugʻilib voyaga yetgan Rumiy ilm istab Samarqandga keladi. Bu yerdagi madrasalarda tahsil olib, mudarrislik qiladi. Shuningdek Ali Qushchi ham Samarqanddagi “Ulugʻbek akademiyasi”ning yuksalishiga, Uning Turkiyaga qadar kengayishiga muhim hissa qoʻshgan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida ham koʻpgina oʻzbek ziyolilari Turkiyada tahsil olgan va mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ilmiy aloqalarni mustahkamlashga hissa qoʻshgan.