ADABIY TIL VA BADIIY ASAR TILI XUSUSIDA



Mualliflar:

Yusupova Orziboni Sunnatovna

DOI:
Annotatsiya:

Ushbu maqolada adabiy tilning badiiy adabiyotda qo‘llanilishi, badiiy matnlar uchun asosiy material vazifasini bajarishi bilan bir qatorda aynan mazkur matnlarda ma’lum bir o‘zgarishlarga yuz tutishi tadqiq etilgan. Milliy til kishilar oʻrtasidagi aloqa-aralashuv tili, jonli til boʻlganligi uchin deyarli me’yorlarga amal qilmaydi. Tilning butun jozibasi, lugʻat boyligi va funksional imkoniyatlari borligʻi bilan namoyon qila olgani uchun umumxalq tili doimo tadqiqotlarga asos boʻladi. Ma’lum me’yorlarga amal qilish majburiyati boʻlgani uchun adabiy tilning lisoniy imkoniyat umumxalq milliy tili va badiiy tilda farqlanadi. Umumxalq tili, adabiy til va badiiy tilning o‘xshash hamda farqli jihatlari, tilshunoslik va poetika munosabatlari, ularning tutash nuqtalari va chegaralari bir qancha olimlarning fikrlari bilan qiyoslab o‘rganilgan.