Hilola NORMAMATOVA
Ushbu maqolada ilk o‘rta asrlar O‘rta Osiyo tangalaridan o‘rin olgan ramziy belgi bo‘lmish tamg‘aning kelib chiqishi, vazifasi, turkiy xalqlar hayotidagi o‘rni ochib berilgan. Shuningdek, tangada tasvirlangan tamg‘alarning o‘sha davr hukmdor sulolalarining davlatchilik an’analari qolaversa, madaniy hayotini ham belgilashdagi ahamiyati qisqacha tahlil qilingan. Shu bilan birga tangada o‘rin olgan tamg‘aning davlatchilik an’ananalarini o‘rganishdagi ahamiyati kabi masalalarni tahlil qilish barobarida bu davrda unvonlar va tamg‘alar salmog‘i ancha ortganligi yoritildi. Buni ham mintaqa tangalarining turi ko‘payib, ularda 50 ga yaqin unvon va epitetlarning o‘rin olgani, tamg‘alarning soni 20 ga yaqinlashgani hamda tanga zarb qilinadigan hududlar yanada ko‘paygani kuzatiladi. Birgina sug‘diy yozuvda bostirilgan tangalarning tarqalish geografiyasi janubi-g‘arbdan shimol va shimoli-sharqqa qarab Shimoliy To‘xoriston (Chag‘oniyon va b.)dan Sirdaryoning havzalari (O‘tror), Isfijob (Sayram), Taroz va Yettisuvning bir qator shaharlariga yoyilgani ochiqlandi.