ILK OʻRTA ASRLARDA OʻRTA OSIYO MINTAQASIDA YUZ BERGAN SIYOSIY VA ETNOMADANIY JARAYONLAR VA ULARNING TANGA ZARBIGA TA’SIRI



Mualliflar:

Nurbek ALLABERGENOV

DOI:
Annotatsiya:

Ilk oʻrta asrlar davrida Oʻrta Osiyo mintaqasi hududida siyosiy va etnomadaniy jarayonlar murakkab holda kechgan boʻlib, bu davrda turli xil sulolalar va davlatlar hukmronlik qilgan. Asosan Eftallar va Turk xoqonligi davrida mintaqada siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar juda faol kechdi. Bu jarayonlarning oʻlkadagi tanga-pul munosabatlariga ta’siri juda katta boʻlgan. Ilk oʻrta asrlarda eftallar va xoqonlik davrlarida mintaqada juda katta siyosiy oʻzgarishlar sodir boʻlib, oʻz davrining eng katta imperiyalari sifatida boshqa buyuk davlatlar bilan tengma-teng ijtimoiy-siyosiy munosabatlar olib borilgan. Ayniqsa, Turk xoqonligi davrida iqtisodiy hayot juda rivoj topib, Buyuk Ipak yoʻlidagi hukmronlik ularni iqtisodiy rivojlanishga olib keldi. Bu davr pul munosabatlarida asosan mis tanga, kumush tanga zarblari muhim ahamiyatga ega. Mis tanga ichki savdoda koʻp foydalanilgan. Kumush va oltin tangalardan xalqaro savdoda keng foydalanilgan. Bu tangalarda sulola yoki davlat ramzlari, tamgʻalari, unvonlari aks ettirilgan. Koʻpchilik tangalarda hukmdor ismi ham, hukmronlik davri ham saqlanib qolganligi diqqatga sazovordir. Turk xoqonligi davriga oid “xoqon”, “tegin”, “tudun”, “eltabar” kabi unvonli tangalar koʻplab zarb qildirilgan va muomalada boʻlgan.