Yoo Inyoung (유인영)
Ushbu maqolada antik va oʻrta asrlarda Oʻzbekiston hamda Koreya tarixining oʻzaro aloqadorligi masalasi haqida soʻz boradi. Ushbu yoʻnalishda tadqiqot olib borish, mavzuning tub mohiyatini ochib berish dolzarb masalalardan biridir. Dunyoning yetakchi ilmiy tadqiqot muassasalarida Buyuk ipak yoʻli orqali olib borilgan diplomatik, oʻzaro savdo, madaniy almashinuv masalasi yaxshi tadqiq etilgan boʻlib, bu tadqiqotlar natijalari ushbu transkontenental yoʻlning Xitoydan to Yevropagacha boʻlgan mintaqalarda joylashgan xalqlarning oʻzaro hamkorlik masalalari yoritiladi. Biroq, yaqin kunlarga qadar Markaziy Osiyo mintaqasidagi tarixiy davlatlarning Buyuk ipak yoʻlining eng sharqiy chekkasida joylashgan Koreya yarim oroli mintaqasi bilan hamkorlik masalalari kam tadqiq etilgan soha edi. Antik va oʻrta asrlarda Oʻzbekiston hamda Koreya tarixining oʻzaro aloqadorligiga oid manba va ilmiy adabiyotlarni aniqlash, ikki mintaqa xalqlari oʻrtasida bevosita yoki bilvosita hamkorlikning yoʻlga qoʻyilishi kabi muammolar shu davrning xoʻjalik taraqqiyoti, iqtisodi va ijtimoiy munosabatlari qanday boʻlganligiga doir masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.