Dilfuza DJURAKULOVA
Ushbu maqolada Turkiston mintaqasidagi eng qadimgi migratsion jarayonlar haqida soʻz boradi. Ilk migratsiya jarayonlari qadimgi tosh davrining ilk bosqichidayoq boshlangan. So‘nggi paleolit davriga kelib bu holat yangi bosqichga ko‘tarildi. Ilmiy asoslangan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, doimiy tarixiy-madaniy aloqalar jarayoni va ishlab chiqarish faoliyatini ixtisoslashuvi mehnatning umumiy hajmi va mahsulot o‘sishini ta’minlab, ehtiyojlar tartibining xilma-xil bo‘lishiga olib keladi. Bu jarayon esa ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy hamda tarixiy-madaniy aloqalar zaruratini keltirib chiqaradi. Bunday zarurat qadimgi davr uchun ham, zamonaviy taraqqiyot uchun ham xosdir. Markaziy Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bir-biriga yaqin bo‘lib, turli davrlardagi migratsiya jarayonlari ushbu yaqinlikni yanada chuqurlashtirib borgan. Migratsiya jarayonlari bir necha bosqichda, qo‘shni hududlarni ma’lum ketma-ketlikda egallab, o‘zlashtirib borish tarzida amalga oshirilgan.