SHUKUROV Foziljon Maxmadovich
Maqolada Temuriylar davrida Samarqand adabiy muhitining rivojlanish va taraqqiyot bosqichlari, davr adabiyotiga ko‘rsatgan katta ta’siri va mavjud ichki adabiy muhitlar o‘rtasida tutgan o‘rni, bu adabiy muhitda samarali ijod qilgan mashhur adabiyot vakillari va shu kabi dolzarb masalalarga bogʻliq masalalar tadqiq ostiga olingan. Kamol Xoʻjandiy, Isomiy Samarqandiy, Xoja Ismat Buxoriy, Bisotiy Samarqandiy, Xoja Barandak Xoʻjandiy, Bisotiy Samarqandiy, Xayoliy Buxoroiy kabi mashxur shoirlarning hayoti va ijodi ma’lum darajada yoritilgan. Maqolada mazkur davrda adabiy muhit rivojlanishi va namoyandalarining so‘zga ustaligi, yaratgan asarlari tufayli Xuroson adabiy muhiti kabi kuchli adabiy muhitlarning she’rshunos olimlari tomonidan yuqori bahoga sazovor bo‘lgani hamda o‘z qudrati va mahorati bilan Hirot kabi kuchli adabiy markazlar bilan tenglasha oladigan darajada ekanligi, Movarounnahr nafaqat ilm-fan taraqqiyoti bo‘yicha, balki adabiyot sohasidagi yutuqlari bilan ham “Temuriylar Renessansi”ning vujudga kelishiga katta hissa qo‘shganligi ishonarli dalillar orqali isbotlangan.