SHOKIROV Raxmatulla Shavkat o‘g‘li
Markaziy Osiyo toponimiyasi oʻzining boy lingvistik xususiyatlari va chuqur tarixiy ildizi bilan boshqa hududlardan ajralib turadi. Bu hududning joy nomlari mintaqa xalqlarining koʻp qirrali merosi va tarixini oʻzida aks ettiradi. Sobiq Sovet Ittifoqi davriga kelib, Markaziy Osiyo toponimiyasida keng koʻlamli oʻzgarishlar roʻy berdi. Bu oʻzgarishlar esa shoʻro tuzumining mafkuraviy va maʼmuriy maqsadlarini aks ettirardi. Ushbu maqolada bu oʻzgarishlar dinamikasi, ularning mahalliy madaniyat va oʻziga xoslikka taʼsiri, ushbu tuzum toponimik siyosatining postsovet davridagi Markaziy Osiyoda qoldirgan merosi hamda ularni oʻrganishning nazariy asoslari haqida soʻz boradi.