OʻRTANDIM, YONDIM...



Mualliflar:

Abdulla ULUGʻOV

DOI:
Annotatsiya:

Ulug‘ turkman shoiri Maxtumquli Firog‘iy ijodi turkiy xalqlar adabiyoti tarixida alohida o‘rin tutadi. Uning she’rlari nafaqat turkman, balki o‘zbek, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz xalqlari orasida asrlar davomida mashhur bo‘lib kelgan. Maxtumquli ijodiy merosi turkiy xalqlar ma’rifiy she’riyati sahifalarini bezab turadi. Bu shoirning she’rlari islom dinining insonparvarlik g‘oyalariga asoslangani, fikr juda sodda, oddiy va ta’sirchan tarzda ifodalangani bilan boshqa qalamkashlarning she’rlaridan alohida ajralib turadi. Maxtumquli she’rlari mavzu jihatidan xilma-xil bo‘lib, ularning umumiy ma’no-mazmunini pand-nasihat, o‘git belgilaydi. Shoirning pand-nasihat, o‘gitlari butun insoniyatga, qaysi zamonda, qanday manzil-makonda yashashidan qat’iy nazar murojaat, xitob bo‘lib jaranglaydi. Mazkur maqolada Maxtumquli she’rlarining asosiy qahramoni uning o‘zi ekanligi ta’kidlanib, ularning badiiy xususiyatlari, o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida mulohaza bildiriladi. Shoirning savol-javob, aytishuv shaklidagi she’rlarida islom dini, undagi hayotsevarlik, insonparvarlik g‘oyalariga e’tibor qaratiladi.