HIJRON MAVZUSI BILAN BOG‘LIQ AN’ANAVIY POETIK TURKUMLAR (Milliy uyg‘onish davri o‘zbek, qozoq, arman she’riyati misolida)



Mualliflar:

BARZIYEV Oybek Xabibullayevich

DOI:
Annotatsiya:

Maqolada milliy uyg‘onish davri Farg‘ona viloyati Quva tumanida tavallud topgan shoir va xattot Tursunali Qalandarxoji o‘g‘li Nadimiyning ijodida farzandidan bevaqt judo bo‘lganlik haqidagi ayanchli voqea haqida gap boradi. Uning she’riyatida ifodalangan chin otalik mehr va muhabbat tuyg‘usi qozoq shoiri Abay (Ibrohim Qo‘nonboyev) va arman ijodkori Avetik Isaakyan she’rlarining g‘oyaviy yo‘nalishi va badiiyati tomonlariga qiyoslangan holda tekshiriladi. Ma’lumki, XIX asrning oxiri – XX asr boshlaridagi Turkiston hayoti ulkan o‘zgarishlar, ijtimoiy hayotdagi evrilishlarni boshidan kechirganligi bilan xarakterlanadi. Tobora tanazzul botqog‘iga yuz tutib borayotgan muhitning qurboniga aylangan ayrim shoirlarning norasida farzandlari muayyan sabablarga ko‘ra bevaqt vafot etishlari shoir-otalarning behad iztirob chekishlariga sabab bo‘ldi hamda ularning sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada ayriliq motivlari bilan bog‘liq bo‘lgan ta’rix-marsiyalar, bag‘ishlov, marsiya janrlarida ko‘tarilgan ayriliq tipidagi mavzular davr she’riyatining an’anaviy poetik turkumlilik mazmunining boyib borishiga sabab bo‘ldi.