XO‘JAQULOV Sirojiddin Xolmahmatovich
Maqolada XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida Oʻrta Osiyo xalqlari adabiyotidagi lirik janrlarning shakllanish tamoyillari, ulardagi shakliy o‘zgarishlar, bu davrdagi mumtoz poetik meʼyorlari va uning evolyutsiyasi, mazkur davr adabiy oqimlarida badiiy tafakkurning rivojlanishi, anʼanaviy lirik janrlarning kompozitsion oʻzgarishlari, tojik va oʻzbek maʼrifatparvarlik va jadid adabiyotida turk tanzimat davri adabiyoti, Eron mashrutiyat davri adabiyoti, afg‘on rushanfikrlik adabiy yo‘nalishlarining ta’siri va ularning umumiy tipologik xususiyatlari qiyoslanadi va yoritiladi.