QO‘LDOSHEV Sarvar Mahmudovich
O‘zbek davlatchiligi uch mingyillik tarixga ega bo‘lib unda turli sulolalar hukmronlik qilishgan. Har bir sulola o‘ziga xos davlatchilik belgilariga ega bo‘lgan. Davlat mavjudligining belgilari davlatning nomi, sulola, markaz va boshqa ramziy belgilardan iborat bo‘lgan. XI asrda hukmronlik qilgan qoraxoniylar sulolasiga oid tarixiy ma’lumotlar o‘rta asr manbalarida uzuq-yuluq tarzda uchraydi. Bu esa sulola boshqaruvini o‘rganishda biroz qiyinchiliklar tug‘diradi. Shunday bo‘lsada bu davrda yashagan Mahmud Koshg‘ariynig “Devonu lug‘otit turk” asarida berilgan ma’lumotlar qoraxoniylar sulolasining davlatchilik belgilariga ega ekanligidan dalolat beradi.