“DEVONU LUG‘OTIT TURK”DA XALQ O‘YINLARI TALQINI



Mualliflar:

Ahrorbek A’zamjonovich AZIZOV

DOI:
Annotatsiya:

Ushbu maqolada “Devonu lug‘otit turk”da qayd etilgan xalq o‘yinlari bo‘yicha maʼlumotlar elshunoslik jihatidan tahlil etilgan. Devonda keltirib o‘tilgan o‘yinlarning turlari, o‘yin vositalari, o‘yin qoidalari, o‘ziga xosliklari va madaniy hayotdagi ahamiyati ochib berilgan. Turon xalqlari turmush tarzida uchragan o‘yinlarning devonda qayd etilgan ko‘rinishlari yoritib berilgan. Milodning VIII-XII yuzyilliklaridagi xalq o‘yinlarining shaxs tarbiyasidagi o‘rni, ahamiyati va aholi o‘rtasidagi tasavvurlarda aks etishi yoritib berilgan. Shuningdek, xalq o‘yinlarining insonlar turmush tarzi va madaniyatidagi talqini shu davrga oid boshqa tarixiy manbalar bilan qiyoslangan. Manbada qayd etilgan xalq o‘yinlarining shakllanish maqsad va vazifalari ochib berilgan. Shuningdek, turkiy qavmlar orasida mavjud bo‘lgan ayrim o‘yinlarning keyingi asrlardagi ko‘rinishlari hamda qoidalariga oid ayrim qarashlar qo‘shimcha tarixiy manbalar yordamida qiyoslab, tahlil etilgan. O‘yinlarning madaniy vazifalari va farzand tarbiyasidagi ahamiyati yoritib berishga harakat qilingan. Turkiy xalqlar orasidagi xalq o‘yinlarining tasniflanishiga oid tahlil amalga oshirilgan bo‘lib, xulosa va takliflar qismida mavzuga oid tadqiqotlar yo‘nalishlari uchun aniq takliflar ilgari surilgan.