ABDULLAYEV Shuxrat Dauletbayevich
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ati-t-turk” asari XI asrda nashr etilgan tilshunoslik sohasidagi salmoqli asardir. U turkiy tilning eng qadimgi lug‘atlaridan biri bo‘lib, 1072 ga yaqin soʻz va tushunchalardan iborat. “Devonu lugʻati-t-turk” asari butun turkiy xalqlar tilining boyligini, goʻzalligini aks ettiradigan asar hisoblanadi. Unda turkiy tillarning leksikasi, etnografiyasi, madaniyati haqida bebaho maʼlumotlar berilgan. Jumladan, oʻzbek va qoraqalpoq tilining lugʻat qatlamiga taʼsiri juda katta hisoblanadi. Ikki til leksikasining bugungi kundagi rivoji uchun eng muhim asarlardan biridir. Asardagi juda koʻp soʻzlar hozirga qadar oʻzbek tilida ham qoraqalpoq tilida ham faol qoʻllanilib kelinmoqda. Qolaversa, baʼzi soʻzlar va tushunchalarning izohini topish uchun shu asarga murojaat qilinadi.