JUMANAZAROV Umurzoq Abdurazzoqovich
Fitrat o‘zbek folklorshunosligida va adabiyotshunosligi tarixida birinchilardan bo‘lib, eramizning V–VI asrlari turkiy xalqlar adabiyoti, xususan, folklori namunalarini mavjud manbalar asosida tiklash va shu orqali qadimgi turkiy xalqlar adabiyotining eng qadimiy namunalari haqida muayyan tasavvurlar tug‘dirishga harakat qildi. Uning «Eng eski turk adabiyoti namunalari» asarida berilgan adabiy-badiiy materiallar fikrimizning tasdig‘i bo‘la oladi. Ushbu maqolada “Devonu lug‘atit turk” asarining Fitrat tomonidan tadqiq qilinganligi xususida yoritiladi.