PIRNIYAZOVA Alima Kudiyarovna
Maqola qoraqalpoq tilining lug‘aviy tarkibi va M.Koshg‘ariyning “Devonu-lug‘at-it turk” asarini qiyosiy o‘rganishga bag‘ishlangan. Qoraqalpoq tilidagi aksariyat maqol va matallar, frazeologik birliklar, alohida so‘zlar ma’no jihatdan “Devonu- lug‘at-it turk” lug‘aviy tarkibiga mos keladi. Hozirgi til nuqtayi nazaridan ma’nosini yo‘qotgan deb hisoblanuvchi va faqat frazeologik birliklar tarkibidagi ayrim so‘zlar va juftlashgan so‘zlar “Devonu-lug‘at-it turk”da alohida so‘z sifatida qo‘llanilgan. Bu lug‘at turkiy so‘zlar etimologiyasining o‘zgarmas manbasidir. Maqolada qoraqalpoq tilidagi ayrim so‘z va frazeologik birliklar “Devonu-lug‘at-it turk” asaridagi til birliklari bilan qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek maqolada frazeologizm tarkibidagi ayrim so‘zlarning ma‘nolari tahlil qilingan. M.Koshg‘ariyning “Devonu-lug‘at-it turk” asari qoraqalpoq tili frazeologizmlarining tariхiy-davriy tavsifini aniqlashda, etimologik tahlilda ahamiyati katta.