“DEVONU LUG‘OTIT TURK”DAGI O‘G‘UZCHA SO‘ZLAR



Mualliflar:

Baxtiyor ABDUSHUKUROV

DOI:
Annotatsiya:

Ushbu ilmiy maqola qadimiy va nufuzli qabilalardan biri sifatida O‘rta Osiyo xalqlari va ularning tili tarixida muhim o‘rin tutgan o‘g‘uzlar qo‘llagan so‘zlar tahliliga bag‘ishlanadi. “Devonu lug‘otit turk” asarida ifodalangan o‘g‘uzcha so‘zlar doirasida kechgan fonetik, leksik o‘zgarishlar, o‘zlashmalar misollar hamda qiyosiy tahlillar yordamida yoritilgan. Shuningdek, o‘g‘uzcha so‘zlarning ayrim o‘zbek shevalari hamda hozirgi turk va ozarbayjon tillariga munosabati, o‘g‘uz urug‘lari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada o‘g‘uzcha so‘zlar Turfon matnlari, eski turkiy til (“At-tuhfa”, “Kitob ul-idrok”, “Tarjumon”, “Kitob ul-bulg‘ot”, “Guliston bit-turkiy”, “Qisasi Rabg‘uziy”), eski o‘zbek adabiy tili manbalari (Alisher Navoiy asarlari)da aks etgan leksik birliklar bilan qiyosiy o‘rganilgan. Natijada bu so‘zlarning davrlar o‘tishi bilan rivojlanishi, o‘zgarishi va zamonaviy adabiy tilga ko‘chishi, faol qo‘llangan leksema turli omillar bois arxaiklashib qolishi, u o‘rnini boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarga boʻshatib berishi singari masalalarga oydinlik kiritiladi.