“DEVONU LUG‘OTIT TURK”NING O‘ZBEK TARJIMONLARI VA ULARNING TARJIMALARI NASHRLARI HAQIDA



Mualliflar:

Jo‘ra Ochilovich XUDOYBERDIYEV

DOI:
Annotatsiya:

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari qo‘lyozmasi 1913-yilda Istanbul shahrida topilgan. Ushbu nusxa Muhammad ibn Abu Bakr ibni Abulfath Damashqiy tomonidan 1266-yil 1-avgustda ko‘chirib tugatilgan. Qo‘lyozma asosida asarning birinchi, ikkinchi jildlari 1915-yilda, uchinchi jildi 1917-yilda chop etilgan. Shundan keyin “Devonu lug‘otit turk” o‘zbek, turk, ozarbayjon, uyg‘ur, qozoq, ingliz, nemis, xitoy, rus, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Mazkur maqolada “Devonu lug‘otit turk”ning o‘zbek tarjimonlari tomonidan amalga oshirilgan ozarbayjoncha, o‘zbekcha, ruscha tarjimalari va ularning ayrim xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan.