“DEVONU LUG‘OTIT TURK”DA QORAXONIYLAR DAVRI SAVDO-MOLIYA ISTILOHLARI TIZIMINING AKS ETISHI



Mualliflar:

Hamidulla Dadaboyev

DOI:
Annotatsiya:

Qoraxoniylar saltanatida iqtisodiy munosabatlarning yuqori darajaga chiqqani qiyosiy-tarixiy tilshunoslik va turkiyshunoslikka asos solgan Mahmud Koshg‘ariyning ko‘p yillik mehnati evaziga dunyo yuzini ko‘rgan “Devonu lug‘otit turk”da yaqqol namoyon bo‘lgan. Moliya va iqtisod sohasida qo`llanishda bo‘lgan istilohlarni izohlash asnosida lug‘at tuzuvchi XI-XII asrlarda shakllangan ilk eski turkiy tilda soha terminologiyasining rang-barangligi, asosan, o‘z qatlamdan iborat bo‘lganligini ko‘rsatgan. Lug‘atda keltirilgan moliya-savdo istilohlarining keyingi davrlarda ishlatilishda qolgani, ularning mustahkam poydevorga qurilganini dalilllaydi.