Erdem Yilmaz
Yusuf Abdurahmonovning (Qirg‘iziston) “Turonchilikda ayblangan yetakchining mamlakat va kelajak haqidagi qarashlari” kitobi XX asrning boshlarida Qırg‘izistonning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishini o‘rganishga bag‘ishlangan. Kitobda Sovet Qırg‘izistoni davrida amalga oshirilgan islohotlar batafsil tahlil qilinadi. Asarning asosiy mavzusi qirg‘iz xalqining o‘zligini tiklash, qishloq xo‘jaligida kollektivlashuv jarayonlari, sanoatning boshlang‘ich bosqichdagi taraqqiyoti va ta’lim sohasidagi o‘zgarishlardir. Abdurahmonov 1928-yilda yozgan bu kitobida, Qirg‘izistonning tabiiy imkoniyatlarini ko‘rsatib, mamlakatni “Osiyoning Shvetsariyasi”ga aylantirish g‘oyasini ilgari surgan. Kitob, Sovet hokimiyatining bosimiga qaramasdan, muallifning xalqiga bo‘lgan sadoqati va milliy rivojlanishga bo‘lgan intilishlarini yoritadi. Shuningdek, unda milliy til va madaniyatning rivojlanishi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mavzu sifatida ko‘rib chiqilgan. Bu asar, Aiday Kubatovaning tarixiy yondashuvi va krill alifbosiga o‘girishdagi aniqligi tufayli zamonaviy tadqiqotlar uchun muhim ilmiy manba sifatida xizmat qiladi.