YUNESKO Bosh assambleyasi 42-sessiyasi qarori bilan 2024-yil Mahmud Koshgʻariy “Devonu lugʻati-t-turk” asari yozilganligining 950 yilligi nishonlanmoqda. Samarqand davlat universiteti huzuridagi Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti tomonidan nashr qilinayotgan “Turkologik tadqiqotlar” jurnali tahririyati navbatdagi maxsus sonni chop etishni rejalashtirmoqda. Maxsus songa “Devonu lugʻati-t-turk” asari bilan bog‘liq bir necha ruknlarda maqolalar qabul qilinadi. Xalqaro ilmiy jurnal turkiy til va shevalar, Markaziy Osiyo turkiy xalqlari lisoniy va adabiy aloqalari tarixi, ijtimoiy-madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini e’lon qilishga moʻljallangan bo‘lib, oʻzbek, turk, rus, ingliz va barcha turkiy tillarda yozilgan maqolalar qabul qilinadi. Maqola yuborish uchun jurnalning rasmiy saytidan ro‘yxatdan o‘tish yoki elektron pochta orqali yuborish usularidan foydalanishingiz mumkin. Maqola yuborish talablari bilan sayimizning "Jurnal haqida" bo'limidagi "Mualliflar uchun talablar" bo'limi orqali tanishishingiz mumkin. Maqolalar qabuli uchun oxirgi kun: 1-sentabr 2024 yil.