Salohiy Dilorom Isomiddin-kızı, Mamatkulov Pulat
Maqolada Shayx Nizomiy Ganjaviy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodlaridagi g‘oyaviy, ma’rifiy va adabiy-estetik qarashlar uyg‘unligi xaqida fikrlar bayon etilgan. Ikki mutafakkir allomaning oʻz davrlari ijtimoiy hayotida keng faoliyatda boʻlgan soʻfiylik tariqatlariga munosabatlari yoritilgan. Nizomiy “Panj ganj”i va Zahiriddin Muhammd Boburning “Mubayyan” asarlarida bayon etilgan ma’rifiy fikrlar yuzasidan maqola muallifi mulohazalari, izoh va sharhlari keltiriladi. Nizomiy Ganjaviy va Bobur Mirzoning oʻz farzandlariga qilgan nasihatlari misolida oʻrta asrlar Sharq mamlakatlarida keng yo`yilgan axiylik va naqsgbandiylik tariqatlari yoʻriq va tavsiyalari haqida tushuncha beriladi. Buyuk shoirlar oʻzlarining ma’rifiy mulohazalarini badiiy obrazlar, ramz va majoziy ifodalar bilan bayon etadilar. Mutafakkir allomalarning dunyoqarashlaridagi gʻoyaviy mushtaraklik ular ijodining adabiy-estetik tamoyillarida ham oʻz ifodasini topgan.